Aholi viloyatlarning Transport bosh rejasini tuzishda ishtirok etadi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
2639Bugun, 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shuningdek, viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
- o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;
- namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.
Prezident yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqilishi shartligini ta’kidladi.
LiveBarchasi