Aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyunidan aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
  • shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
  • mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
  • ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
  • kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing