Aholi soliqlar va boshqa to‘lovlar nimaga sarflanayotganini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 2019 yildan beri byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilib kelinadi. QALAMPIR.UZ muxbirining bugun, 9 iyul kuni Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirdan xabar berishicha, joriy yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da to‘planadi va undan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, tuman hokimliklari jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni byudjetdan moliyalashtirishga oid ma’lumotlarni har chorak bo‘yicha rasmiy veb-saytlariga va "Ochiq byudjet" portaliga joylashtirib boradi.

Moliya Vaziri Timur Ishmetov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri tayyorlangan hamda 1 iyuldan boshlab “Ochiq byudjet” axborot portali yangi talqinda faoliyat boshlagan. 

Endilikda fuqarolar “ochiq byudjet” axborot portali orqali soliq va boshqa to‘lovlarni nima maqsadda sarflanayotganini kuzatishi hamda ularni qayerga yo‘naltirilishi bo‘yicha takliflarga ovoz berishi mumkin. Shuningdek, aholi 1 avgustga qadar qiymati 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan loyihalarini ovozga qo‘yish imkoniyatiga ega. Ishchi guruh fuqarolar tomonidan kelib tushgan  loyihalarni 3 kun ichida o‘rganib chiqib, “ochiq byudjet” axborot portalida ovozga qo‘yadi. 

Avvalroq davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib borilishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab byudjet ochiqligi bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlariga joylashtirilmaganligi byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb hisoblanishi hamda tegishli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing