Aholi “Navoiyazot”dan chiqayotgan zaharli tutundan norozi. Ekoboshqarma tekshiruv o‘tkazdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda “Navoiyazot”dan chiqayotgan tutunlardan aholi norozi ekani, bu haqda hech kim qayg‘urmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 avgust kuni soat 23:10da Navoiy shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda Atrof-muhitni ifloslanishini monitoring qilish  bo‘limi xodimlari tomonidan “Navoiyazot” AJda hamda “Navoiy Milling” MCHJ korxonalarining atrofidan “Gazanalizator” EKOLAB uskunalar orqali (vizual) atmosfera havosidan namunalar olinib o‘rganilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi quydagilarni ma’lum qilgan.

Birinchidan, “Navoiyazot” AJning sinov uchun o‘rnatilgan superfosfat ishlab chiqarish sexi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga javob bermagani, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgani uchun zavod tomonidan faoliyati to‘xtatilgani aniqlangan.

Shuningdek, “Navoiyazot” AJning ishlab chiqarish sexlaridan chiqayotgan zararli gazlar yangi texnologiyalar joriy qilingani natijasida keyingi ikki yilda oldingiga nisbatan sezilarli kamaygani, korxona viloyat ekologiya boshqarmasi ko‘rsatmalariga asosan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich bajarilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Ikkinchidan, o‘rganish davomida “Navoiy Milling” MCHJ korxonasidan atrof-muhitga me’yoridan yuqori ifloslantiruvchi moddalar tashlayotgani aniqlanib, 26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi korxonaning yuqori ishlash hajmi konsentratsiyasi pasaytirilib, atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar bo‘yicha holat bartaraf etilgan. 

Viloyat ekologiya boshqarmasi “Navoiy Milling” MCHJ korxonasida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlarning bajarilishi bo‘yicha tegishli organning ruxsatiga asosan tekshirish o‘tkazishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing