Aholi kelgusi 12 oyda nimalarning narxi oshishidan xavotirda?
Jamiyat
−
14 dekabr 2021
6522Kelgusi 12 oyda milliy valyuta kursining qadrsizlanishi, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi hamda ulgurji savdo nuqtalarining kamayishi natijasida mahsulotlar taklifining qisqarishi kami omillar narxlar oshishiga asosiy sabab bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan noyabr oyi uchun “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari sharhi”da keltirilgan.
Joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari oktyabrga nisbatan 0,3 foizga o‘sib, 16,5 foizni, tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshib, 15,6 foizni tashkil qildi.
Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblamoqda:
• milliy valyuta kursining qadrsizlanishi (47 foiz);
• yonilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (43 foiz);
• ulgurji savdo nuqtalarining kamayishi natijasida mahsulotlar taklifining qisqarishi.
Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi import qilinayotgan tovarlar narxining oshishiga (35 foiz) olib kelishi iqtisodiyot sub’ektlarining inflyatsion kutilmalarini oshiruvchi rol o‘ynagan.
Aholi vakillarida bo‘lgani kabi tadbirkorlik sub’ektlarining ko‘pchilik qismi ham yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (49 foiz) hamda milliy valyuta kursining qadrsizlanishinidan (44 foiz) jiddiy xavotirda.
LiveBarchasi