Ahmadaliyev sobiq jahon chempioniga qarshi jang qilishi mumkin

Sport

image

Ikkinchi yengil vazn toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev sobiq mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn o‘z sahifasida ma’lum qildi.

“Agar Fulton Naoya Inouega qarshi jang qilishga rozi bo‘lmasa, Murodjon Inouega qarshi jang qilishga tayyor”, deydi Xirn.

Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Ahmadaliyev 8 aprel kuni filippinlik Marlon Tapalesga qarshi himoya jangida ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing