Ahmadaliyev to‘liq davom etgan jangda raqibini taslim etdi

Sport

image

Bugun, 20 noyabr kuni AQSHning Nyu Gempshir shtati Manchester shahrida joylashgan SNHU arenasida professional boks kechasi tashkil etildi.

Unda super yengil vazn toifasida IBF va WBA  yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev (10-0) chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi. Bahs to‘liq davom etdi va yakunda barcha hakamlar 119-111 hisobini qayd etdi.

Ushbu jangda WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qilgan Ahmadaliyev katta ehtimol bilan navbatdagi jangida yangi kamar uchun ringga ko‘tariladi.

Velaskes prof boksdagi faoliyati davomida 38 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 7 ta jangda mag‘lub bo‘lgan va 2 ta bahsda durangga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangi o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi Demetrius Andrade (30-0) va Jeyson Kuigli (19-1) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made