96 ming o‘rinli TTJ qurishga 4,4 trln ajratiladi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Toshkent 5 tashabbus harakati doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar yotoqxonasini qurish uchun qancha mablag‘ ajratilishini aytdi.

Abduqodir Toshqulov 96 ming o‘rinli talabalar yotoqxonasini qurish uchun 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. 

“Bugungacha 58 ming o‘rinli talabalar turar joylari bor edi. Ya’ni, ehtiyojning 28 foizi qondirilgan edi. Ayniqsa, pandemiya davrida talabalar qiynaldi. Muhtaram Prezidentimiz 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratib, 2025 yilgacha 96 ming o‘rinli yotoqxona qurishga topshiriq berdilar”, degan Abduqodir Toshqulov.

Shuningdek, Toshqulov 1 sentyabrgacha karavotlarni ikki yarusli qilish hisobiga yana 35 mingta talabalar o‘rinlari tashkil etilishini ham takidlagan.

Avvalroq, Toshqulov talabalar OTMni bitirayotganda ham imtihon topshirishi kerakligini taklif qilgandi.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing