9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
06 may 2022
10543Joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning 9 ta hududiga sel kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi
O‘zgidrometga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel kelishi yoki suv toshqini kuzatilishi mumkin:
• Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabod, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
• Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
• Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda
LiveBarchasi