9 oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh keldi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga 9 oy davomida 1 million 200 mingga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va 273 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilindi. Bu haqda bugun, 5 noyabr kuni AOKAda Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, turizm sohasida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 9 oy davomida davlat byudjetidan subsidiya tariqasida 6,5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, mahalliy turistlar uchun mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yo‘l chiptalari uchun 15 foiz hamda mehmonxona xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun 10 foiz miqdorida subsidiya ajratilmoqda. 1 oktyabr holati bo‘yicha ushbu maqsadlar uchun 4,8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.

Hududiy investitsiya dasturlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarining tashabbuslari bilan 2021 yil davomida turizm va sport sohalarida umumiy qiymati 1 trillion 84 milliard so‘m bo‘lgan 318 ta loyiha amalga oshirildi, buning natijasida 2954 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing