Milliardlar: 9 oyda XTV tizimida qancha mablag‘ o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 oyda xalq ta’limi muassasalarida 76,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato-kamchilik aniqlandi, shundan 16 mlrd so‘mi — o‘g‘rilik va kamomad. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, moliyaviy kamchiliklar 2020 yilning shu davriga taqqoslaganda 2 baravarga kamaygan.

Tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 158 ta 61,4 mlrd. so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan. 

Qayd etilishicha, vazirlik Ichki audit xizmatining 9 oylik faoliyati davomida jami 194,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinishiga va bartaraf etilishiga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing