9 oyda qariyb 78 mlrd so‘mli gaz o‘g‘irlandi – vazirlik

Jamiyat

image

Joriy yilda qariyb 78 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 20-24 sentyabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 67 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Ushbu qisqa 4 kun ichida 1 millon 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 mingta xonadonning 1 kunlik gaz iste’molini tashkil qiladi.

Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda joriy yilning 9 oyida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan jami 2 ming 535 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Taqqoslash uchun ushbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 mingta xonadonning qariyib 1 yillik iste’molini tashkil etadi.

“Hurmatli iste’molchilar, xalq mulki bo‘lgan energiya resurslaridan qonuniy, oqilona hamda tejamkorlik bilan foydalanishingizni so‘raymiz”, degan vazirlik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing