9 avgustda test topshirganlarning natijasi e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 9 avgust kuni Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

DTMga ko‘ra, 9 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishi mumkin. Bular:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyent ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

abituriyent ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

833

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing