86 yoshli otaxon mast holatda janjal qilgan — fuqarolar va organ hodimi o‘rtasidagi tortishuvga izoh berildi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mast holatda ekani aytilgan organ xodimi 80 yoshli otaxonga niqob taqmagani uchun kuch ishlatgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 iyul kuni taxminan soat 10:40 larda Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1972 yilda tug‘ilgan D.M. “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 1935 yilda tug‘ilgan otasi A.M. mast holatda bo‘la turib, uyda janjal, to‘polon ko‘targanini ma’lum qilib, yordam so‘ragan. Hodisa joyiga tezkorlik bilan Shayxontohur tumani IIO FMB profilaktika inspektori, mayor Ulug‘bek Yaxshiboyev yetib kelgan.

Profilaktika inspektori A.M.ni Ichki ishlar bo‘limiga olib borib, holatni batafsil o‘rganmoqchi bo‘lganida janjalga qo‘shnilar aralashgan. Vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan (xususan, o‘z o‘g‘li uy ichidagi janjal haqida ichki ishlarga murojaat qilgani yuzasidan) qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inspektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va profilaktika inspektori bilan janjallashgan.

“Videotasvirda ko‘rib turganingizdek, ushbu mahalla aholisi ichki ishlar organi xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishgan, vaziyatni bilmasdan, holatni to‘liq o‘rganmasdan, profilaktika inspektori bilan konstruktiv tarzda suhbatlashmasdan, unga qo‘pollik qilishgan, uning xizmat kiyimiga shikast yetkazishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Profilaktika inspektoriga nisbatan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlagan. Uning harakatlari o‘rnatilgan tartib qoidalarga mosligi to‘liq o‘rganilib, qonuniy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1043

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing