83 yoshli erkak poyezd tagidan o‘tib, oyoqsiz qoldi
3-sahifa
−
24 fevral 2023
8445Toshkent viloyati va shahrida 2 nafar fuqaro o‘z hayotini xavfga qo‘yib, temiryo‘l hududida harakatlangani aytildi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, dastlabki voqea joriy yilning 11 fevral kuni viloyatning Toshkent tumanida sodir bo‘lgan. 83 yoshli erkak uyiga borish uchun piyodalar o‘tish yo‘lagidan foydalanish o‘rniga to‘xtab turgan yuk poyezdining tagidan o‘tgan. O‘sha vaqtda poyezd harakatlanib, oqibatda uning o‘ng oyog‘i g‘ildirak ostida qolib, uzilib ketgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lib, uning salomatligi tiklanayotgani aytilmoqda.
Oradan besh kun o‘tib, ya’ni 16 fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi temiryo‘l hududini kesib o‘tayotgan 66 yoshli fuqaroni yuk poyezdi urib yuborgan. Oqibatda erkak bosh qismidan jiddiy tan jarohati olgan.
Aniqlanishicha, jabrlangan har ikki fuqaro ham muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan va voqea sodir bo‘lgan kuni ham mast bo‘lgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15