81 yoshli aktrisa hibsga olindi
Madaniyat-san’at
−
22 Oktabr 2019
10960Hollivud yulduzi Jeyn Fonda Vashingtonda hibsga olingan. Bu haqda Kultura xabar bermoqda.
81 yoshli aktrisa iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishda ishtirok etdi. Namoyishchilar Kapitoliy binosi oldida to‘plangan va voqea joyiga politsiya yetib kelganidan so‘ng mitingni davom ettirgan.
Jeyn Fonda hibsga olingan va politsiya bo‘limiga kishanlangan holda olib ketilgan. Iqlim o‘zgarishi mavzusi AQSH 2017 yilda Parij iqlim kelishuvidan chiqqanidan keyin ko‘plab amerikaliklar uchun dolzarb bo‘lib qoldi.
Jeyn Fonda so‘nggi ikki hafta ichida ikkinchi marta hibsga olinmoqda. Ammo o‘z veb-saytida aktrisa norozilik namoyishlarida ishtirok etishni davom ettirishini e’lon qildi.
"Har juma kuni soat 11:00 da to‘rt oy davomida biz Kapitoliy binosiga boramiz. Biz turli muammolarga e’tibor qaratmoqchimiz. Bular iqlim o‘zgarishi, okeanlarning ifloslanishi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi, harbiy mojarolar", dedi aktrisa Jeyn Fonda.
LiveBarchasi