Bolalarning sevimli aktrisasi vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 15 mart kuni Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. 

Dilbar Abdulazizova 1951 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. 

1973 yildan buyon to umrining so‘nggi kunlarigacha Yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritdi. "Qizil qalpoqcha", "Sehrli soatcha", "Ming bir kecha", "Meshpolvon", "Qor malikasi" singari yuzdan ziyod sahna asarlarida turli xarakterdagi qahramonlarni ijro etgan.

Aktrisa 2000 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 

Dilbar Abdulazizovani tomoshabinlar ko‘plab film va seriallar, qolaversa, "Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi" ko‘rsatuvidagi obrazlari orqali tanishar edi. 

Tahririyatimiz nomidan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing