8 ta tumanda abituriyentlar DXMlar orqali ro‘yxatdan o‘tadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda respublikaning 8 ta tumanida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish DXMlarida amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8 ta tumanda Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:

1. Mo‘ynoq tumani DXM; 
2. Konimex tumani DXM;
3. Tomdi tumani DXM;
4. Uzun tumani DXM;
5. Boysun tumani DXM;
6. So‘x tumani DXM;
7. Farg‘ona tumani DXM;
8. Sardoba tumani DXM.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 yil uchun qabul joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuligacha davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qabul komissiyasi

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar