8-sinf o‘quvchisi Lacetti avtomobilini olib qochdi
3-sahifa
−
21 fevral 2023
7493Samarqandda 8 sinf o‘quvchisi Lacetti avtomashinasini olib qochayotganda loyga botib qolib ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro tuman Ichki ishlar boshqarmasi (IIB)ga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, fuqaro 18 fevral kuni soat taxminan 21:00 larda uyi oldiga o‘zining Lacetti rusumli mashinasini qo‘yib, xonadoniga kirib ketgan. Ertasi kuni soat 08:00 larda mashina joyida yo‘q bo‘lgan. Shundan so‘ng u IIBga murojaat qilib yo‘qolgan mashinasini topishda yordam berishlari va bu ishni qilgan insonga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Holat bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Tergov bo‘limi xodimlari tekshiruv o‘tkazgan. Hodisa joyidan avtomobilning singan eshik tutqichi, 1 metrli plastmassa truba ashyoviy dalil sifatida topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan shaxs qilgani aniqlangan. U mashina eshigini yuqorida topilgan plastmassa truba bilan ochgan. So‘ng mashinani kaliti o‘zida turganidan foydalanib, uni Urgut tumani “Chorshinor” mahallasiga olib qochib ketgan. Ammo baxtga qarshi bola boshqaruvidagi mashina qishloqdagi loyga botib qolgan. Mashinani olib chiqmoqchi bo‘layotgan paytda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
LiveBarchasi