8 oyda qasddan tan jarohati yetkazgan qancha fuqaro qamalgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning sakkiz oyi ichida qasddan badanga yengil shikast yetkazgan 47 nafar fuqaro qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida mamlakatda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ayblangan 1 686 nafar shaxsga nisbatan 1 508 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, 714 nafar shaxsga nisbatan ayblov, 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. 954 nafar shaxsga taalluqli jinoyat ishlari esa taraflar yarashganligi munosabati tugatilgan. 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan.

Jazo tayinlab, hukm chiqarilgan 689 nafar shaxsning 107 nafariga jarima, 333 nafariga axloq tuzatish ishlari, 198 nafariga ozodlikni cheklash, 47 nafariga ozodlikdan mahrum qilish va 4 nafariga boshqa jazo turlari tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing