8 oy davom etgan “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi yakunlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 dekabr kuni “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi yakuniga yetdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni videoselektor yig‘ilishida ilgari surgan tashabbusi doirasida o‘tkazilgan.

“O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyixasining Respublika bosqichi doirasida 245 ta taqdimot bo‘lib o‘tdi. Ular orasida eng ilg‘or 100 nafar yoshlar g‘olib deb topildi va ularning har biriga 10 million so‘mdan tarqatildi. G‘oliblar o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar va maxsus “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” albomida o‘rin egallashdi.

Ushbu loyihaning maqsadi iqtidorli yoshlarni izlash va ularning tashabbuslari va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.

Mazkur loyihada O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, IT-park tashkilotchi sifatida ishtirok etishdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing