76 yashar Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyun kuni Davlat soliq qo‘mitasining raisi – general Botir Parpiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998-2002 yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.

2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan 2018 yilning may oyigacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 

2018 yilning 19 may kuni Botir Parpiyev O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining rahbarligidan ozod etilgan.

Shundan so‘ng, u Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing