75-Kann kinofestivali g‘oliblari ma’lum bo‘ldi 

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 17-28 may kunlari Fransiyada 75-xalqaro Kann kinofestivali bo‘lib o‘tdi. 

75-Kann kinofestivalida bosh mukofot — “Oltin palma novdasi” shved rejissyori Ruben Estlundning “G‘am uchburchagi” satirik filmiga topshirildi. “G‘am uchburchagi” — pul, o‘yin-kulgu va tashqi ko‘rinishga berilib ketgan kuchli va o‘ta boy odamlar dunyosi haqidagi satirik drama. 

Estlund “Kvadrat” filmi uchun 2017 yilgi Kann kinofestivalida ham “Oltin palma novdasi”ni qo‘lga kiritgan. 

Festival Gran-prisi 

Ikkinchi muhim mukofot — festivalning Gran-prisini fransuz kinorejissyori Kler Deni va belgiyalik rejissyor Lukas Dont olgan. Janubiy Koreya rejissyori Pak Chxan Uk “Ketish qarori” filmi uchun “Eng yaxshi rejissyor” mukofotini qo‘lga kiritgan. 

Eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi aktyor 

Eronlik aktrisa Zar Amir-Ibrohimiy eng yaxshi ayol roli uchun mukofotni qo‘lga kiritgan. Ali Abbosiyning “Muqaddas o‘rgimchak” filmida u qotilning izidan 
ketma-ket yurgan jasur jurnalist rolini o‘ynagan. Janubiy koreyalik aktyor Son Kan Xo Xirokazu Koreedaning “Broker” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktyor deb topilgan. 

Hakamlar hay’ati mukofoti 

Hakamlar hay’ati mukofoti Sharlotta Vandermers va Feliks Van Gruningenning Italiya-Belgiya hamkorligidagi “Sakkiz tog‘” filmiga, shuningdek, polshalik rejissyor Yeji Skolimovskining “Ia” filmiga topshirilgan. 

“Oltin kamera” mukofoti 

“Oltin kamera” mukofoti Jina Gammel va Rayli Kioning “War Pony” filmiga nasib etgan. 

Eng yaxshi ssenariy 

“Jannatdan kelgan yigit” filmini Kannda taqdim etgan asli misrlik shved rejissyori Tariq Solih “Eng yaxshi ssenariy” mukofoti bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing