75 foiz futbolchilar FIFA taklifiga qarshi

Sport

image

Xalqaro profescional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (PIFPro) FIFA'ning jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasi bo‘yicha futbolchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovda qatnashgan futbolchilarning 75 foizi jahon chempionati hozirgidek har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishi tarafdori bo‘lgan.

Yevropa va Osiyoda har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan jahon chempionatiga futbolchilarning 77 foizi ovoz berishdi. Amerikada turnirning joriy modelini respondentlarning 63 foizi, Afrikada esa 49 foizi qo‘llab-quvvatlagan.

Futbolchilarning 81 foizi ichki milliy chempionat va jahon chempionatini o‘zining sevimli turniri deb biladi. So‘rovnomada jami 1000 nafar faol futbolchi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Janni Infantino o‘tgan yilning 20 dekabr kuni futbol kelajagi muhokama qilinadigan sammit o‘tkazgan edi. Unda aynan terma jamoalar taqvimidagi islohotlar va har ikki yilda jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilingan.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing