74 va 56 yoshli ayollar koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107 nafarga oshib, 40 720 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    85 nafari Toshkent shahrida;

•    13 nafari Toshkent viloyatida;

•    5 nafari Surxondaryo viloyatida;

•    4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmaliq shahrida yashagan 74 yoshli R.U. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 56 yoshli S.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 673 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 37 873 nafarga (93 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatda 2 545 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbeksitonda

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar