70 yashar otaxon YTHga sababchi bo‘lib, shifoxonaga tushdi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019
4133Poytaxt Toshkentda 70 yashar otaxon YTHga sababchi bo‘lib, shifoxonaga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Voqea kecha, 21 noyabr kuni soat 12:30 da Mirobod tumani Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
70 yoshli Rofi P. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil 24 yoshli Jamoliddin M. boshqarib borgan Lacetti-2 avtomobili bilan to‘qnashgan.
YTHning taxminiy sababi: Spark avtomobili haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan Lacetti-2 haydovchisiga yo‘l bermagan.
YTH natijasida Spark avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tibbiy muassasaga yetkazilgan.
LiveBarchasi