7 soat ichida 224 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2020
7409Bugun, 9 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 224 nafarga oshdi va jami bemorlar 44 781 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘lini saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 204 nafari Toshkent shahrida;
• 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 42162 (+264) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi