Samarqanddan III-II asrga oid harbiy istehkom topildi

Madaniyat-san’at

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan “Qo‘y tepa” tepaligi o‘rnida miloddan avvalgi III-II asrga tegishli harbiy istehkom topildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda bu joyda italiyalik hamda samarqandlik arxeolog olimlar ilmiy ekspeditsiya olib bormoqda. Ilmiy qidiruv davomida olimlar hududdan qal’a devorlari, katta ko‘za, kosa, kichik haykalcha, muhr kabi noyob topilmalar topishgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tarixiy ob’ekt tashqi dushmanlardan himoyalovchi harbiy istehkom bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, tuman hokimligi olimlarga ilmiy qidiruv jarayonida zarur bo‘lgan moddiy-ma’naviy ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan. Jumladan, hokimlik tepalikni tashqi ta’sir, jumladan, yomg‘ir, qorlardan himoya qilish uchun tarixiy ob’ekt ustiga temir panjara o‘rnatib, ustini to‘liq yopib berishni o‘z zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing