670 quti tamaki mahsulotlari ushlandi
Jamiyat
−
29 avgust 2019
3242Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatini oldini olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro R.J. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirilganda avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 10,2 million so‘mlik jami 670 quti aksiz va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi