67 foiz iste’molchiga gaz berilayotgani aytildi. Bosim qay ahvolda?
Jamiyat
−
27 yanvar 2022
5198O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mamlakat hududlarining gaz bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Soat 12:00 holatiga ko‘ra, tabiiy gaz iste’molchilarining 67 foizida ta’minot tiklandi.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, quyida gaz bosimi nisbatan past hududlar ro‘yxati keltirilmoqda:
1. Farg‘ona viloyatida — 57%;
2. Andijon viloyatida — 75%;
3. Namangan viloyatida — 58%;
4. Toshkent viloyatida — 99%;
5. Surxondaryo viloyatida — 32%;
6. Toshkent shahrida — 18%ni tashkil etmoqda.
“Mazkur hudud iste’molchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi