Koronavirusdan qattiq “yaralangan” Italiya yangi hayotga qanday qaytmoqda?
Olam
−
23 may 2020
50003 iyundan Italiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga, Shengen shartnomasi ishtirokchilari, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Andorra va Monako Knyazligiga sayohat qilish huquqini beradi. Bu haqda mamlakatning milliy turizm agentligi (ENIT) xabar bermoqda.
2020 yil 2 iyungacha boshqa mamlakatlarga va undan pul jo‘natish taqiqlanadi. Ish, favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash holati bilan bog‘liq tasdiqlangan ehtiyojlar bundan mustasno. Faqat Vatikan davlat-shtati yoki San-Marino Respublikasi va uning chegaradosh hududlari o‘rtasida harakatlanish cheklovsiz amalga oshiriladi.
Cheklovlar har qanday vaqtda mamlakatning ayrim hududlarida, epidemiologik vaziyat yomonlashganda tiklanishi mumkin.
18 maydan boshlab Italiyada korxonalarni asta-sekin ochishga ruxsat beriladi. Umumiy hududlardagi odamlar orasida bir metr masofada xavfsiz masofa kafolatlangan bo‘lsa, mehmonxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi.
Jamoat muzeylari, kutubxonalar, arxivlar, arxeologik zonalar va istirohat bog‘lari, monumental majmualarga borib sayr qilish mumkin. Barcha madaniyat markazlarida gavjumlikning oldini olish va ijtimoiy masofani saqlash kerak bo‘ladi.
Barlar, pablar, restoranlar, muzqaymoq do‘konlari va qandolat do‘konlari ishlashiga ruxsat berildi. Aholi uchun ochiq bo‘lgan barcha oziq-ovqat do‘konlar infeksiyaning oldini olish yoki kamaytirish uchun standartlar va protokollarga rioya qilishlari zarur bo‘ladi.
Jihozlangan plyajlarning ishlashiga, agar barcha qoidalarga rioya qilinsa, ruxsat etiladi.
LiveBarchasi