6 yashar bola bog‘chada o‘ldirib ketildi

Olam

image

Rossiyaning Naryan-Mar shahridagi “Skazka” nomli bog‘chada tarbiyalanayotgan 6 yashar bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 36 yashar erkak bolalar bog‘chasiga kirib, ikkinchi qavatga ko‘tarilgan va guruhga kirgan. Erkak tushlikdan keyin uxlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolalar va tarbiyachiga qo‘lidagi pichoq bilan tashlangan. Natijada 6 yashar tarbiyalanuvchi jarohatlangan va voqea joyida vafot etgan. U voqeaning tasodifiy qurboni bo‘lganmi yoki erkak aynan shu bolani o‘ldirish uchun yonlanganganmi, bunisi hozircha ma’lum emas. 

Bolaning qotili qo‘lga olingan. U mast holatda bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u spirtli ichimliklar ko‘p iste’mol qilgani bois norkologik dispanser ro‘yxatida turgan. 

Qayd etilishicha, erkakning bog‘chaga emin-erkin kirishiga bog‘cha qorovuli sharoit yaratib bergan. Shu sabab u ham hibslangan. Shuningdek, tergov qo‘mitasi tomonidan bog‘chaning bir qancha xodimlariga o‘z ishiga e’tiborsizlik va mas’uliyatsizligi sabab jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Bolalar bog‘chasi yopildi. Uning oldida marhum go‘dak xotira burchagi paydo bo‘ldi. Bog‘chadagi boshqa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bu yerga kelib gullar va o‘yinchoqlar qoldirishmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing