6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
17825O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridagi 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov Xalqaro press-klubning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va 2020-2021 o‘quv yili mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida ma’lum qildi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirildi, bular:
• Musiqiy ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Texnologik ta’lim;
• Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
• Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
• Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport.
Eslatib o‘tamiz bu yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda va 2 smenada o‘tkaziladi. Talabalarga issiqdan himoya qiluvchi maxsus shapkalar va bir martalik tibbiy qo‘lqop, ruchka hamda niqob davlat tomonidan bepul tarqatiladi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi