6 oyda O‘zbekiston havo yo‘llari orqali qancha yo‘lovchi tashilgan?

Jamiyat

image

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston havo yo‘llari orqali 1,1 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda yo‘lovchi tashish 70,9 foizga oshgan. Ya’ni joriy yil 446,7 ming ko‘proq yo‘lovchi tashilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil yanvar-iyun oylarida havo yo‘llari orqali 630,3 ming yo‘lovchi tashilgan.

Shuningdek, joriy yilning olti oyida 2,8 ming tonna yuk havo transporti orqali tashilgan.  Bu o‘tgan yil bilan solishtirganda 400 tonnaga ko‘p.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing