Mansabdor shaxslar 6 oyda qancha pulni “yeb yuborgan”i ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning olti oyi moboynida mansabdor shaxslar davlat byudjetiga qariyb 6 milliard so‘m moddiy zarar yetkazgan. Shundan ayni vaqtgacha bor-yo‘g‘i 28 foizi undirilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 1676 ta jinoyat ishlari tergov qilinib, sudga yuborilgan. Xususan, 107 ta Sog‘liqni saqlash vazirligi, 74 ta Xalq ta’limi vazirligi, 69 ta davlat ulushi bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sud yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 592,5 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlanib, shundan 170,8 mlrd so‘m undirilgan. 421,7 mlrd so‘m esa Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil yanvar oyida e’lon qilingan “Transparensy International” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan 2020 yil bo‘yicha “Korrupsiyani qabul qilish indeksi” reytingida O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 146 o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing