Madridda 6 kishi muzeyni egallab, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qildi

Olam

image

Olti kishi Madriddagi Prado muzeyining zallaridan birini egallab olib, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvni talab qildi. Aks holda, ular o‘z joniga qasd qilishini aytdi. Bu haqda mamlakatning “La Sexta” telekanali xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, muzeydagi norozilik zaharli moy sindromi qurbonlari bilan bog‘liq. 1981 yilda Ispaniyada kolza yog‘idan ommaviy zaharlanish yuz berib, buning ortidan 4 mingga yaqin odam vafot etgan. Norozilik ishtirokchilari ham o‘sha vaziyatda jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

“20 minutos” gazetasiga ko‘ra, muzeydagi 6 kishi qo‘ygan talablardan biri – Sanchesning ular bilan uchrashuvga rozi bo‘lishi.

“Cadena Ser” radiostansiyasining xabar berishicha, bir muncha vaqt o‘tgach, xavfsizlik kuchlari ularni zaldan olib chiqqan, ikki nafari hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing