58 davlat Rossiyaga qarshi chiqdi
Olam
−
25 avgust 2022
16666Kecha, 24 avgust kuni Ukrainadagi mojaro bo‘yicha e’lon qilingan Rossiyaga qarshi qo‘shma bayonotni BMTning 58 davlati qo‘llab-quvvatlagan. Bu BMTga a’zo davlatlar umumiy sonining uchdan biridan kam. Bu haqda “TASS” nashri xabar bermoqda.
Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa hujjat matnini BMT shtab-kvartirasida jurnalistlarga o‘qib berib, bayonotni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar ro‘yxatini keltirgan. Hujjatda Rossiya xatti-harakatlari tanqid qilinib, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirilgan.
Bayonotni qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Buyuk Britaniya, Gruziya, Turkiya, Shveysariya, shuningdek, Osiyo va Lotin Amerikasining bir qancha davlatlari bor.
Ma’lumot o‘rnida, BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlarini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqqan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashiga a’zo 11 davlat hujjatning qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlagan, bir nafari qarshi chiqqan, yana uch davlat, jumladan, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan. Rossiya esa rezolyutsiyaga veto qo‘yib, uni hech qachon qabul qilmagan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi