Imtihonga 552 nafar abituriyent kelmadi, 1 tasi chetlashtirildi
Jamiyat
−
12 avgust 2019
3410Bugun 12 avgust kuni 1-smenada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlarida birinchi smenada jami 18 ming 472 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi.
Shundan, 17 ming 919 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi, 552 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi, 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzgani sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.
LiveBarchasi