532 million so‘mlik gazni o‘g‘irlagan fuqaro aniqlandi
3-sahifa
−
07 yanvar 2023
9408Samarqand viloyati Jomboy tumanida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jomboy tumani Guliston mahallasida yashovchi shaxs o‘zi tashkil qilgan hammom uchun noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 7 ta suv isitish qozoni va 1 ta OPSK so‘rg‘ichidan foydalanib kelgan.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali hamda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat o‘rganilganda fuqaro gaz ta’minoti korxonasiga 532 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki surishtiriv davomida aniqlangan holatlar va to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish hamda qonuniy qaror qabul qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi