5000 kishi “ofsayd”da. Toshkent hokimligi “shes sekund”da Cobalt sotib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining avtomobil sotib olish uchun puli bor bo‘lsa ham murakkab. Ulov minishni xohlagan odam mashinaning 85 foiz pulini kompaniyaga berib qo‘yib, yana oylab kutishi kerak. Chetdan sifatli, puliga mos avtomobil olib kelaman, degan odam esa “otning kallasidek” boj to‘lashi kerak.

Shunday sharoitda davlat idoralari va mahalliy hokimliklarning hech qayerda yozilmagan imtiyozlar orqali hech bir navbatsiz mashina xarid qilish holatlari kuzatilmoqda. Bu O‘zbekistonning chekka hududida emas, poytaxtning o‘zida bo‘lib turibdi.

Ijtimoy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligining joriy yilning 15 iyun kuni Cobalt rusumli avtomobilga bergan buyurtmasi o‘sha kunning o‘zida tayyor bo‘lgan.

Holat yuzasidan izoh olish, nega bunday bo‘lganini bilish uchun “Uzautosanoat” AJ Matbuot kotibi bilan bog‘landik. U hozirda o‘rganish o‘tkazilayotganini va tez orada rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Ulovini bir kunda salondan chiqargan Toshkent shahar hokimligi hozircha sukut saqlamoqda. Odamlar mashina minishi uchun yillab ishlab, oylab navbat kutayotganda mahalliy hokimliklarning bu tarzda mashina sotib olishi haqli norozilikka sabab bo‘lishi shubhasiz.

Toshkent shahar hokimligi qaysi asosga ko‘ra, navbatsiz mashina sotib oldi? Bu yerda hokimlik xalq bilmagan imtiyozga egami yoki avtomobilsozlik sanoatini “o‘tkazib qo‘ygan” joyi bormi?


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing