5 ta universitet huzurida Pedagogika institutlari tashkil etildi
Jamiyat
−
27 fevral 2020
10260O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi.
Jumladan, hududlarda pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida Samarqand davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.
Bundan tashqari, Andijon davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti ish boshladi.
Shuningdek, Buxoro davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.
Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika institutining tashkil etilishi ham bunga misol bo‘la oladi.
Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti ham ish boshladi.
LiveBarchasi