5 nafar YPX xodimi bir haydovchiga kuch ishlatgani aytilmoqda (video)
Jamiyat
−
27 Sentabr 2021
13358Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari Spark rusumli avtomobil haydovchisiga kuch ishlatayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati axborot berdi.
Qayd etilishicha, videoda aks etgan voqea joriy yilning 19 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. YPX xodimi soat 19:40 da Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida to‘xtab turgan Spark rusumli avtomobil haydovchisiga mazkur joyda to‘xtab turish mumkin emasligini, tirbandlik yuzaga kelayotganini tushuntirgan. Haydovchi A.E. esa kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib xodimga e’tirozlar bildirgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimi haydovchidan qoidalarga rioya qilishini so‘ragan vaqtda haydovchi avtomobilini qo‘zg‘atmasligini ma’lum qilgan va o‘zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan. Jarayonga boshqa YPX xodimlari ham aralashgan. Fuqaro A.E. tuman IIO FMBga olib borilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning 22 sentyabr kuni to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan o‘rganilib, fuqaro A.E. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 hamda 194-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan Bazaviy hisoblash miqdori (270 000 so‘m)ning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.
LiveBarchasi