5 million inson iqlim sabab Markaziy Osiyoni tark etadi
Olam
−
28 noyabr 2022
11459Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, dunyoning 6 ta mintaqasida 216 million inson iqlim muhojiriga aylanadi, ya’ni o‘zlari yashayotgan hududlarni iqlimiy omillar ta’sirida tark etib, boshqa xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida “O‘zgidromet” bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov ma’lum qildi.
Jumladan, Markaziy Osiyo hududida ham 5 million nafar inson iqlim muhojiriga aylanishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, Ibratjon Karimovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda yildan yilga ko‘mirdan foydalanish hajmi ortib bormoqda. Bu esa atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazining ulushini ko‘paytirmoqda.
Bundan tashqari, boshqa xorijiy mamlakatlar, hatto AQSH, Xitoy va Yevropa davlatlari ham sanoatda ko‘mirdan foydalanish hajmini sezilarli darajada oshirgan.
LiveBarchasi