467 kishida koronavirus aniqlandi, 2 kishi vafot etdi. Qaysi hududda kasallanish ko‘p?

Jamiyat

image

Kecha, 3 iyul kuni O‘zbekistonda 467 kishida kasallik aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 3 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 467 kishiga ortib, 112 597 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 33 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 46 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 41 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 30 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Andijon viloyatida 68 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 38 nafar,
  • Samarqand viloyatida 60 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108 764 (+360) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 747 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made