45-o‘lim. “Saxar”i bor onaxon vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Shu bilan o‘lim holatlari 45 taga yetdi. 

Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. (ayol) 29 iyundan 1-son Respublika klinik shifoxonasida COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiligi
tashxisi bilan davolanib kelgan.

Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4 iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.
Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing