45 ming dollarga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan “uddaburon” qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida 45 ming AQSH dollari evaziga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Samarqand Davlat xavfsizlik boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Davlat xavfsizlik boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. O‘rganish natijasida O‘zbekistondagi xususiy telekanallar tasvirchisi, asli samarqandlik fuqaro M.Yu. Samarqand tumanida joylashgan “Chordara” agrofirmasi hududidan dehqonchilik qilish uchun uzoq muddatga imtiyozli ravishda ajratilgan 35 sotix yer maydonini mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga M.Yu. fuqarodan 45 ming AQSH dollari talab qilgan.

Fuqaro M.Yu. oldindan berilishi kelishilgan 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Hozirda fuqaro M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing