41 o‘zbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir guruh o‘zbekistonliklarni Erondan Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan qaytishini ta’minladi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport-logistika masalalarini tezkorlik bilan hal qilgan.

Turkmaniston tomonining ko‘magi bilan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” chegara o‘tkazish punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar tomonidan ularning O‘zbekistonga xavfsiz yetib kelishi ta’minlangan.

“Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari mintaqadagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining yuksak darajasini namoyon etdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada og‘ir ahvola qolib ketgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing