40dan keyin qirchilla(ma)ganlar

Foydali

image

Ko‘pchilik 40 yoshga to‘lgan insonlar, ortga nazar tashlab "behuda" sarflangan yillari, ishlab topilmagan millionlari va qandaydir quvonchli istiqbollarining yo‘qligi haqida o‘ylab afsuslanadi. Ana shunday insonlar o‘z tug‘ilgan kunlarini ijobiy hodisa deb bilmay qo‘yadilar. Ammo, bunday o‘ylash noto‘g‘ri, sababi aksariyat insonlar aynan 40 yoshidan keyin muvaffaqiyatga erishar ekan. Quyida biz sizga ana shunday insonlar haqida hikoya qilamiz.

Evolyutsiya nazariyasi muallifi Charlz Darvin 50 yoshigacha jiddiy kashfiyotlarni amalga oshirmagan. U barcha odamovi tadqiqotchilarga xos bo‘lgan tarzda hayot kechirgan. 50 yoshdan keyingina dunyodagi barcha odamlarning o‘z-o‘zlari haqidagi tushunchalarini abadiy o‘zgartirib yuborgan "Turlarning kelib chiqishi" kitobini chop ettirgan.

Robin Cheyz "Zipcar" kompaniyasiga 42 yoshida, 2002 yilda asos soldi. Ammo tadbirkor ayolga bu ham kamlik qildi: 2011 yilda u boshqalarning startaplarini qurish va rivojlantirish uchun o‘z kompaniyasini tark etdi. Bundan tashqari, Robin Cheyz — Jahon iqtisodiy forumi a’zosi.

Professional figurachi va jurnalist Vera Vong 40 yoshga to‘lgan kuni o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. U moda sanoatini tanladi va bugungi kunda dunyodagi eng talabgir dizayner ayollardan biriga aylandi.

Hozirgi vaqtda eng mashhur Gollivud aktyorlaridan biri bo‘lgan Semyuel L. Jekson uzoq yillar davomida unchalik ommabop bo‘lmagan filmlarda epizodik rollarni o‘ynab yurdi. 40 yoshida aktyorlik karerasi barbod bo‘lishiga ishonchi komil edi. Ammo bir-ikki yildan keyin Spayk Li Jeksonga mashhur "Changalzor bezgagi" filmidagi rolni taklif qilishdi: 42 yoshli aktyor shu zahoti Gollivud Olimpining eng cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Juliya Chayld o‘z hayotining ko‘p qismini reklama, matbuot va jurnalistika bilan band qildi. Bu faoliyati unga na e’tirof, na huzur-halovat, na yaxshi daromad keltirdi. 50 yoshida ayol vaqtini o‘ziga yoqmaydigan narsalarga sarflashni bas qilib, sevimli hobbisi bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Natijada pazandalik retseptlari bitilgan ilk kitobini nashr ettirdi. Kitob Juliya Chayldni dunyoning eng taniqli bosh oshpazlaridan biriga aylantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

40 yosh muvaffaqiyat

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar