4 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo ayirboshlash 19 baravar ortdi

Olam

image

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash so‘nggi 4 yilda keskin ko‘paydi. 2015 yilda 14,9 mln dollarni tashkil qilgan savdolar 2018 yilda 281,5 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Tojikiston Bojxona xizmati rahbari Xurshid Karimzoda jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonga 8,8 mln dollarlik Tojikiston mahsulotlari eksport qilingan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 155,3 mln dollarni tashkil qilgan.

2018 yil O‘zbekiston va Tojikiston aloqalarida tarixiy yil bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida 300 mln dollarga teng shartnoma va kelishuvlarga erishildi.

Bojxona xizmati rahbari Xurshid Karimzoda bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston shu yillarda Tojikistonning asosiy beshta savdo hamkorlari qatoridan mustahkam joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston savdo-sotiq

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing