4 yilda sudlar hokimlarning necha mingta qarorini noqonuniy deb topgani ochiqlandi

Jamiyat

image

4 yilda sudlar tomonidan mahalliy hokimlarning 7 680 ta qarori noqonuniy deb topilgan. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ma’lum qildi.

Markaz tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qarorlari hamda g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, 2017-2020 yillarda sudlar tomonidan mahalliy hokimliklar qarori ustidan ko‘rib chiqarilgan 17 402 ta ishdan 7 680 tasida mahalliy hokimliklar tomonidan chiqarilgan qaror haqiqiy emas, deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing